Bosh sahifa Sertifikatlar MUOLAJALAR Fotogalereya Bog'lanish

    MUOLAJA va DAVOLANISH

Hurmatli mehmonlar!

Yuqorida ta'kidlanganiday, Hijama juda ko'p kasalliklarni davolashda qo'llaniladi. Bu yerga kelib Hijama haqida batafsil ma'lumotlarni o'rganishingiz mumkin.

Hijama muolajalarini qabul qilish uchun Siz, kamida 3 soat ovqatlanmaqan, qon bosimingiz normal holatda va albatta yaxshi kayfiyatda bo'lishingiz kerak bo'ladi.

Biz Sizni ko'rib chiqib, sog'ligingiz bo'yicha shikoyatlaringizni eshitib, muolaja turlari, uni davolash yollari va necha marotaba Hijama olishingizni belgilab beramiz.

Kasallik turlariga ko'ra, Hijama muolajalari har 3, 6 va 12 oy ichida qilinadi. Bu muolajalar tanada qon aylanish tizimini yaxshilab, yangi qon bilan birgalikda Sizga yangi kuch, quvvat va tetiklik baxshida etadi. Shungdek, leykotsit va eritrotsitlarni ko'payishiga, imun tizimni mustaxkamlanishiga yordam beradi.

Hijama muolajalaridan so'ng 24 soat davomida cho'milish, jinsiy aloqaga kirish, spirtli ichimliklar va achchiq, sho'r va o'ta yog'li taomlar tanovvul qilish ta'qiqlanadi.


Hijama muolajalarida gigiyena talablariga rioya qilgan holda, bir marotabalik idishlar, lezviya va qo'l qoplaridan foydalaniladi.

Qon olish idishlarini o'zingiz uchun olib qo'yib, keyingi muolajalarda foydalanishingiz mumkin. Bir dona qon olish idishi 6000 so'm. Hijama xizmati, qo'yilgan har bir dona idish uchun 7000 so'm. Qon olish idishlarida havo so'rish klapanlari mavjud bo'lib maxsus asbob orqali so'rib olinadi.





Hijama muolajalarini qabul qilishga marhamat!
Keling va sog'ligingizni tiklab oling!




    Qabul kunlari

Juma kunidan tashqari, har kuni soat 8:00 dan 17:00 gacha.

Tushlik vaqti soat 12:00 dan 13:00 gacha


Erkaklar uchun:
+998 (91) 284-07-76
(99) 602-00-01

Ayollar uchun:
+998 (91) 670-96-24

                            © Hijamabio.uz - 2018